date

Xitoyda narx urushi sabab BYD foydasi 55 foizga tushib ketdi

Xitoyda narx urushi sabab BYD foydasi 55 foizga tushib ketdi

Xitoyning BYD avtoishlab chiqaruvchisi 2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko'ra foydaning keskin pasayganini ma'lum qildi. Kompaniyaning sof foydasi o'tgan yilga nisbatan 55,4 foizga tushib, 4,09 milliard yuanni tashkil etdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Bu 2020-yildan beri eng yirik choraklik pasayish hisoblanadi.

Daromad hajmi ham qariyb 12 foizga kamayib, 150,2 milliard yuanga tushgan. BYD asosan ichki bozorda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Arzon elektromobillar hisobiga yetakchiga aylangan kompaniya endilikda agressiv narxlar jangi va soliq imtiyozlarining qisqarishi ta'sirini sezmoqda.

Hisobot davrida kompaniya 700 463 ta elektrlashtirilgan avtomobil sotgan. Bu o'tgan yilning mos davriga nisbatan 30 foizga kam.

Ichki bozordagi pasayish fonida BYD xalqaro eksportni kuchaytirmoqda va qimmatroq segmentga o'tishga harakat qilmoqda.

Pekin avtosalonida kompaniya yangi modellarni, jumladan, 250 ming yuandan boshlanadigan Datang yo'ltanlamasini taqdim etdi. Ushbu model birinchi kunning o'zida 30 mingdan ortiq buyurtma yig'ishga muvaffaq bo'ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Xitoyda narx urushi sabab BYD foydasi 55 foizga tushib ketdi