
O‘zbekiston fuqarolariga energiya samarador uskunalarni sotib olish va o‘rnatish uchun subsidiya ajratiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Subsidiyalar faqat energiya auditori xulosasidan so‘ng o‘rnatish amalga oshirilganda beriladi. Xarajatlarning bir qismi Milliy energiya samaradorligi agentligi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib beruvchiga to‘lanadi.
Subsidiyaning miqdori energiya audit uchun 100%, quyosh panellari va maishiy isitish uskunalari uchun 20%, issiqlik nasoslari uchun esa 40% ni tashkil etadi, ammo maksimal miqdor bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan oshmaydi. Agar fuqaro bankdan "yashil" kredit olishni xohlasa, mablag‘ shartnomaga muvofiq darhol o‘tkazilib, platformada rezerv qilinadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar