date

14 nafar voyaga yetmagan bola Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi

14 nafar voyaga yetmagan bola Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiya Federatsiyasi hududida ota-ona parvarishisiz qolgan 14 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga olib kelindi. Bu ish Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari, shuningdek Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida tashkil etildi.

Bolalar Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport orqali Vatanga yetkazilib, dastlab vaqtincha Toshkent shahar IIBB huzuridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy ko‘mak ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. U yerda ularga zarur tartib-taomillar bo‘yicha yordam berildi va holati nazoratga olindi.

Rasmiylashtirish jarayonlari yakunlangach, 13 nafar bola o‘z ota-onasiga topshirildi. Yana bir nafar bola esa markaz xodimlari hamrohligida Andijon shahriga yuborilib, onasiga topshirilishi belgilandi. Qayd etilishicha, bolalarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy moslashtirish ishlari ularning yashash manzilidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan davom ettiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » 14 nafar voyaga yetmagan bola Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi