date

Nukusda aliment o‘rniga turar joy rasmiylashtirildi

Nukusda aliment o‘rniga turar joy rasmiylashtirildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining 2025 yil 13 iyun sanasida chiqarilgan ijro hujjatiga asosan, undiruvchi Ye.D. foydasiga uning tarbiyasida bo‘lgan uch nafar farzand ta’minoti uchun qarzdor K.D.dan har oylik jami daromadining yarmi miqdorida aliment undirish belgilangan edi.

Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Nukus shahar bo‘limiga kelib tushgach, bo‘lim xodimlari tomonidan belgilangan tartibda ijro ishlari boshlangan.

Ijro jarayonida javobgar K.D. aliment majburiyati o‘rniga o‘ziga tegishli bo‘lgan Nukus shahri Bag‘manlar ko‘chasida joylashgan turar joyni undiruvchi Ye.D. nomiga rasmiy ravishda o‘tkazib bergan.

Shu munosabat bilan, sud qarorining ijrosi ta’minlangan deb topilib, javobgar K.D. aliment to‘lash majburiyatidan ozod etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Nukusda aliment o‘rniga turar joy rasmiylashtirildi