Genich Arbeloa uchun Realdagi haftani telbalarcha dedi

Mashhur sharhlovchi Konstantin Genich Madridning “Real” klubida yangi bosh murabbiy bo‘lgan Alvaro Arbeloaning dastlabki ish jarayoni haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Genichning aytishicha, Arbeloa uchun birinchi hafta nihoyatda og‘ir kechgan: jamoa “Albasete”ga yutqazib musobaqadan chiqib ketdi, keyin esa “Levante”ga qarshi qiyin bahsda “Real” ancha qiynaldi. “Monako” bilan o‘yin ham bu ketma-ketlikda murabbiy uchun sinov bo‘lib kelganini ta’kidladi u “Komment.Shou” YouTube kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Arbeloa “qirollik klubi”ni ispan mutaxassisi Xabi Alonso iste’foga chiqqanidan so‘ng qabul qilib olgan.
“Real” navbatdagi uchrashuvini Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so‘nggi turida Lissabonning “Benfika” klubiga qarshi o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!