Bornmut Gretsiya terma jamoasi darvozabonini tarkibiga qo'shdi

Bornmut Gretsiya terma jamoasi darvozabonini tarkibiga qo'shdi

«Bornmut» gretsiyalik darvozabon Hristos Mandas bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi. Bu haqdagi ma'lumot klubning rasmiy saytida tasdiqlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Giloslar» 24 yoshli golkiperni Rimning «Latsio» klubidan mavsum oxirigacha ijara asosida oldi. Kelishuvda sotib olish bandi ham mavjud bo'lib, u Mandas Angliyada belgilangan miqdorda uchrashuv o‘tkazsa, avtomatik tarzda kuchga kiradi.

Avvalroq insayder Fabritsio Romano darvozabonning ijarasi «Bornmut»ga 3 million yevroga tushishini ma'lum qilgandi.

Joriy mavsumda Mandas maydonga atigi bir bor tushdi — Italiya Kubogi o‘yinida. O‘sha uchrashuvda u darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar