date

Haj va Umra ziyoratlariga boruvchilar uchun yangi qaror qabul qilindi

Haj va Umra ziyoratlariga boruvchilar uchun yangi qaror qabul qilindi

Haj va Umraga borish uchun endi yagona portal orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy etib belgilandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 24 yanvar kuni qabul qilingan 27-sonli “Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qarorida so‘z boradi. Ya’ni, ziyorat ishlarini tartibga solish va jarayonni shaffofroq qilish maqsad qilingan.

Qayd etilishicha, mazkur hujjat bilan respublikada “Haj va Umra yagona portali” ishga tushirilgan. Endilikda ziyoratga borish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun ushbu portal orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy etib belgilangan. Demak, safarga otlanishdan oldin ma’lumotlarni yagona tizimga kiritish shart bo‘ladi.

Qarorga muvofiq, yangi tartib quyidagi muddatlardan boshlab kuchga kiradi:

-2026 yil 1 fevraldan boshlab – Haj tadbiriga;

-2026 yil 1 maydan boshlab – Umra ziyoratiga borish uchun portalda ro‘yxatdan o‘tish shart.

E’tiborli jihati – ziyoratchilar haqidagi ma’lumotlar portalga kiritilmasdan turib safarlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu esa o‘z navbatida tizimlilik va tartibni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Haj va Umra ziyoratlariga boruvchilar uchun yangi qaror qabul qilindi