
O‘zbekistonda joriy yilning o‘tgan o‘n oyida umumiy qiymati 25,3 trillion so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p qurilish ishlari Toshkent shahrida bajarilgan — 12 trillion so‘m. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (3,8 trillion so‘m) va Qashqadaryo viloyati (2 trillion so‘m) qayd etilgan.
Qurilish ishlari eng kam amalga oshirilgan hudud Sirdaryo viloyati bo‘lib, bu yerda atigi 210,2 milliard so‘mlik ish bajarilgan. Shuningdek, Xorazmda 366,2 milliard so‘m va Jizzaxda 422,5 milliard so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.