Kanchelskis Rossiya termasi bilan o'ynashga hozircha hech kim rozi emasligini aytdi

Avval futbolchi sifatida tanilgan Andrey Kanchelskis Rossiya milliy jamoasining yaqin istiqbollari haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, yaqin kelajakda Rossiya termasining Yevropa terma jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushishi juda qiyin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Hozircha hech kim Rossiya terma jamoasiga qarshi o'ynashni xohlamayapti. 2026 yilda rossiyaliklar yevropaliklar bilan o'ynashi istisno. Lekin RFU baribir boshqa federatsiyalar bilan kelishishda davom etishi kerak», — deya Kanchelskis so'zlarini Metaratings keltirdi.
Shu bilan birga, Kanchelskis RFU o'rtoqlik o'yinlarini tashkil etishda faqat terma jamoalargagina yopishib olmasligi kerakligini ham ta'kidladi. Uning fikricha, Rossiya milliy jamoasi Lotin Amerikasidan kuchli klub bilan ham bahs o'tkazishi mumkin.
Ma'lumot uchun, UEFA va FIFA tomonidan RFUga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar qariyb to'rt yildan beri amalda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!