date

Uzbekistan Airways 34 yilligi munosabati bilan 30%gacha chegirma berdi

Uzbekistan Airways 34 yilligi munosabati bilan 30%gacha chegirma berdi

Uzbekistan Airways o‘zining 34 yilligi munosabati bilan tariflarga 30 foizgacha chegirma e’lon qildi. Aviakompaniya xabariga ko‘ra, aksiya yo‘nalishlar tarmog‘idagi barcha yo‘nalishlarga tatbiq etiladi va yo‘lovchilarga keyingi safarini oldindan rejalashtirish imkonini beradi.

Qayd etilishicha, chegirma faqat bir kun — 28 yanvar sanasida amal qiladi. Aviakompaniya yo‘lovchilarni taklifdan foydalanib qolishga chaqirib, chiptalarni rasmiy kanallar orqali xarid qilishni tavsiya etgan.

Chiptalarni booking.uzairways.com sayti, mobil ilova, Uzbekistan Airways Sales filiallari hamda agentliklar orqali topish mumkin. Chegirma faqat tarif qismiga taalluqli bo‘lib, soliq va yig‘imlar alohida to‘lanishi eslatildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Uzbekistan Airways 34 yilligi munosabati bilan 30%gacha chegirma berdi