date

Markaziy Osiyo iqtisodiga Fors ko'rfazidan investitsiyalar jalb qilinadi

Markaziy Osiyo iqtisodiga Fors ko'rfazidan investitsiyalar jalb qilinadi
Yevroosiyo Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YeTTB) Fors ko'rfazi mamlakatlaridan investorlarni Markaziy Osiyo loyihalariga jalb qilish maqsadida maxsus platforma tashkil etmoqda. Bu haqda Kursiv Uzbekistan nashri ma'lum qildi. 

Platforma orqali logistika va suv resurslari sohasidagi loyihalarga investitsiyalar jalb qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, YeTTB mutaxassislariga ko'ra, Fors ko'rfazi davlatlari qishloq xo'jaligi va qayta tiklanuvchi energetika sohalariga ham katta qiziqish bildirishlari mumkin.

Bundan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlarida islomiy moliyalashtirish rivojlanmoqda. Prognozlarga ko'ra, 2033-yilga borib, bu bozor hajmi 6,3 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.

Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun YeTTB Abu-Dabidagi ADGM moliyaviy markazida o'z vakolatxonasini ochdi. Yangi platforma Fors Ko'rfaz Hamkorlik Kengashi (GCC) davlatlari investorlariga Markaziy Osiyo uchun tayyor investitsiya yechimlarini taqdim qiladi.

Bu jarayonda bankning tahliliy va amaliy tajribasi asos qilib olinadi. "Biz Fors ko'rfazi kapitali va Markaziy Osiyodagi imkoniyatlar o'rtasida 'investitsion avtomagistral' yaratmoqdamiz.

Abu-Dabidagi yangi idoramiz mintaqalar o'rtasidagi bog'lovchi ko'prik sifatida bizning rolimizni yanada mustahkamlaydi, chunki biz mintaqaviy ekspertiza va aniq moliyaviy vositalarni birlashtiramiz", — dedi YeTTB boshqaruv raisi Nikolay Podguzov. Platforma doirasida Markaziy Osiyodagi infratuzilma loyihalarini qo'llab-quvvatlash uchun kredit fondi ochiladi.

Unda ADGMning tartibga solishdagi afzalliklaridan foydalanilib, Yaqin Sharq va xalqaro investorlar uchun mintaqaga xavfsiz va qulay investitsiya mexanizmi yaratiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy Osiyo iqtisodiga Fors ko'rfazidan investitsiyalar jalb qilinadi