
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Paragvay Prezidenti Santyago Penya Toshkentda muzokaralar o‘tkazib, ularning yakunida qo‘shma bayonot imzoladilar. Uchrashuv davomida tomonlar savdo, madaniyat, ta’lim va gumanitar loyihalar kabi asosiy hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Ayniqsa, o‘zaro savdo hajmini oshirish, biznes aloqalarini rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, kimyo sanoati, raqamli texnologiyalar, turizm hamda sport sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bundan tashqari, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi doirasida bozorlar ochiqligi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar yakunlanganligi to‘g‘risidagi Protokol imzolandi.
Shuningdek, siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish uchun ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik mexanizmini yaratish bo‘yicha anglashuv Memorandumi ham imzolandi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.