date

Disney OpenAI'ga 1 milliard dollar sarmoya kiritadi

Disney OpenAI'ga 1 milliard dollar sarmoya kiritadi
Walt Disney media korporatsiyasi OpenAI kompaniyasining aksiyadorlik kapitaliga 1 milliard dollar sarmoya ajratadi. Ularning uch yillik hamkorligi haqida tomonlar o'z rasmiy saytlarida e'lon qilishdi.

Kompaniya ChatGPT chat-boti va Sora nomli generativ video yaratish modelini ishlab chiqayotgan OpenAI'dan qo'shimcha aksiyalarni sotib olish huquqini beruvchi varrantlar (sertifikatlar) oladi. Disney, shuningdek, Sora'ga Marvel, Pixar va Star Wars brendlariga tegishli 200 dan ortiq qahramonlardan foydalanishga ruxsat beradi.

Ushbu ro‘yxatga Miki Maus, Zolushka, Simba, Lilo va Stich kiradi. Disney Sora uchun kontent litsenziyalash sohasidagi birinchi yirik hamkor bo‘ladi.

Kelishuvga ko‘ra, Sora foydalanuvchilar so‘rovlariga javoban Disney studiyasining animatsion qahramonlari ishtirokidagi videolarni generatsiya qila oladi. Buning evaziga Disney korporatsiyasi ushbu videolarni Disney+ platformasida integratsiya qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Shu bilan birga, kelishuv aktorlarning tashqi ko‘rinishi va ovozidan foydalanishga taalluqli emas — faqat animatsion qiyofalar bilan cheklanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Disney OpenAI'ga 1 milliard dollar sarmoya kiritadi