14:53 / 19.03.2022
2 120

O‘zbekistonga Rossiyadan pul o‘tkazmalari kamaydi

O‘zbekistonga Rossiyadan pul o‘tkazmalari kamaydi
Mart oyidan buyon Rossiyadan pul o‘tkazmalari hajmi sezilarli darajada kamaymoqda. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov xabar berdi.

Xususan, 2022 yil mart oyining birinchi yarmida O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalarining umumiy hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sezilarli pasaydi.

«Pul o‘tkazmalarining qisqarishi faqat rublning qulashi tufayli sodir bo‘lganini hali ham aniq aytish qiyin. Katta ehtimol bilan, yuqori darajadagi noaniqliklar bu yerda katta rol o‘ynaydi, bu mehnat muhojirlarining pul jo‘natish yoki yubormaslik qarorlariga ta’sir qiladi», — dedi Mamarizo Nurmuratov.

Uning fikricha, Rossiyada sanksiyalar natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyat o‘rta muddatli istiqbolda pul o‘tkazmalari manbalarida tarkibiy o‘zgarishlar va ichki bozorda xorijiy valyuta taklifining tiklaydi.

O‘zbekistondagi pul o‘tkazmalariga nimalar ta’sir ko‘rsatadi?Rossiyadan amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalarining Markaziy Osiyo davlatlari uchun ahamiyati juda katta – ular mahalliy aholini ta’minlaydi va mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlaydi.

Pul o‘tkazmalari hattoki xorijda ishlaydigan hech kimi yo‘qlarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Birinchidan, pul o‘tkazmalari tashqi savdodagi salbiy saldoni qisman qoplaydi – O‘zbekiston deyarli doimo sotishdan ko‘ra ko‘proq xarid qiladi. 2021-yilda aholining ikkilamchi daromadlari 21 foizgacha o‘sib, 6,3 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu esa chetdan kirib kelayotgan o‘tkazmalar sabab kuzatilgan natijadir.

Ikkinchidan, o‘tkazmalar so‘m kursini qo‘llab-quvvatlaydi. Ular tufayli 2021 yili so‘m bor yo‘g‘i 3,4 foizga qadrsizlangan – bu so‘ngi yillar ichidagi eng yaxshi ko‘rsatkich. O‘zbekistonga amalga oshiriladigan pul mablag‘lari qanchalik ko‘p bo‘lsa, bozordagi chet el valyutasi taklifi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. O‘tgan yilda mazkur taklif 1,6 martaga o‘sgan edi.

Shunday qilib, migrantlarning pul o‘tkazmalari aholining to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini, tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabni, iqtisodiy o‘sishni bevosita ta’minlaydi.

2020 yili O‘zbekistonga 6,9 mlrd dollar pul mablag‘lari o‘tkazilgan. Bu mamlakat YAIMining 11 foizini tashkil qilgan. Umumiy hajmning yarimidan ko‘prog‘i Rossiyaga to‘g‘ri keldi – 55 foiz. 2022-yilda ushbu oqim 21 foizga qisqaradi, deb hisoblaydi Jahon banki tahlilchilari.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining hisob-kitoblariga ko‘ra, pandemiya davrida aynan o‘tkazmalar sabab O‘zbekiston iqtisodiyoti tez tiklangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonga Rossiyadan pul o‘tkazmalari kamaydi