date

Zidan "Yuventus" haqida fikr bildirdi


Dunyo futbolining afsonasi, Madridning "Real" klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Yuventus" haqida fikrlarini bildirdi. "Bu klub har doim mening qalbimda qoladi.

"Yuventus" yana buyuk klubga aylanadi! U yerda senga har qanday narxda gʻalaba qozonishni oʻrgatishadi.

Fransiyada agar gʻalaba qozonmasang, hech qanday maxsus narsa yuz bermaydi. Ammo A Seriyada hammasi boshqacha edi", — deya Zidanning soʻzlarini "La Gazzetta dello Sport" keltiradi.

Eslatib oʻtamiz, yaqinda "keksa sinyora"ning bosh murabbiyi lavozimini Luchano Spaletti egalladi. Italiya chempionatining oʻn turidan soʻng, Turin klubi 18 ochko bilan turnir jadvalida oltinchi oʻrinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zidan "Yuventus" haqida fikr bildirdi