date

Buxoro talabasi yotoqxonada fojiali tarzda halok bo‘ldi

Buxoro talabasi yotoqxonada fojiali tarzda halok bo‘ldi

Buxoroda Buxoro davlat universiteti talabasi yotoqxonada halok bo‘ldi, deb xabar berdi rasmiy manbalar.

Ma’lumotlarga ko‘ra, marhuma xorijiy tillar fakultetining 1-kurs talabasi bo‘lgan. 4 noyabr kuni 2007 yilda tug‘ilgan bu qiz universitet yotoqxonasida o‘z joniga qasd qilgan holda vafot etgan.

Holat yuzasidan hozirda Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Rasmiylar hodisaning sabablari hali aniqlanmaganini ma’lum qilmoqda. Talabaning yaqinlari va kursdoshlari bilan suhbatlar o‘tkazilib, barcha holatlar o‘rganilayapti.

Hozircha bu fojiaga olib kelgan omillar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoro talabasi yotoqxonada fojiali tarzda halok bo‘ldi