Hukumatning 7 iyuldagi 369-son qarori bilan Xususiy notarial faoliyat bo‘yicha malaka imtihonini tashkil etish yuzasidan davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglament malaka imtihonida ishtirok etish uchun murojaat qilish va imtihonni tashkil etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Davlat xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali komissiya tomonidan ko‘rsatiladi.
Talabgor 25 yoshdan kichik va 65 yoshdan katta bo‘lmasligi, oliy yuridik ma’lumotga, yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 3 yillik ish stajiga ega bo‘lishi, shu jumladan notarial idorada kamida 1 yil stajirovka o‘tagan bo‘lishi shart.
Sudyalik lavozimida kamida 5 yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bog‘liq lavozimlarida kamida 3 yil ishlagan shaxslar stajirovkadan o‘tmasdan malaka imtihonida ishtirok etishga haqli.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, adliya organlarining boshqaruv xodimi (notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan) yoki advokat sifatida kamida 3 yil ishlagan, biroq vakolati tugatilgan vaqtdan boshlab 5 yil o‘tmagan shaxslar 6 oy stajirovka o‘taydi.
Quyidagilar notarius bo‘lishi mumkin emas:
- muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;
- qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
- notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolatlari o‘z kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun tugatilgan shaxs – 3 yil mobaynida.
Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun BHMning yarim baravari (150 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.
Komissiya 20 ish kuni ichida so‘rovnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘rganib chiqadi.
Malaka imtihoni talabgorning malaka imtihonida ishtirok etishi maqsadga muvofiq deb topilgan xulosa tasdiqlangan kundan boshlab 5 kundan so‘ng, lekin 15 kundan kechiktirmay o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin