date
views 227

Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, shanba va yakshanba kunlari hududning katta qismida issiq va quruq ob-havo bo‘ladi. Havo harorati shanba kuni +30...+35 daraja, yakshanba kuni +32...+37 daraja, janubda va cho‘l hududlarda +39 darajagacha bo‘ladi.

Dam olish kunlari shimoliy-g‘arbiy hududlarda ob-havo yomonlashishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining shimolida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati +22...+27 darajagacha pasayadi.

Poytaxtimizda 8 sentyabrda bulutli bo‘ladi, ba’zida havo bulutlardan ochiladi, kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +30...+32 daraja bo‘ladi.

Dam olish kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat shanba kuni +30...+32 daraja, yakshanba kuni +35...+37 daraja bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?