date

Xitoy texnologiyalarini taqiqlash Yevropaga 400 milliard dollardan qimmatga tushadi

Xitoy texnologiyalarini taqiqlash Yevropaga 400 milliard dollardan qimmatga tushadi

Xitoy Savdo-sanoat palatasi Yevropa Ittifoqi o‘z tarmoq infratuzilmasidan xitoylik texnologiya yetkazib beruvchilarni butunlay chiqarib tashlagan taqdirda yuzaga keladigan oqibatlarni tahlil qildi. Tadqiqotga ko‘ra, Huawei va ZTE kabi kompaniyalarni bozordan chiqarish Yevropa Ittifoqiga kelgusi besh yil ichida 400 milliard dollardan ortiq mablag‘ga tushishi mumkin. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yevropa Ittifoqi xitoylik texnologik komponentlar va uskunalar muhim tarmoq infratuzilmasi uchun yuqori xavf tug‘diradi, deb hisoblaydi. Shu sababli, ushbu provayderlarni bosqichma-bosqich cheklash masalasi bir necha yildan buyon muhokama qilinmoqda. Agar bu qadam amalga oshirilsa, xalqaro miqyosda keng tarmoqqa ega bo‘lgan Huawei birinchi bo‘lib zarar ko‘radigan kompaniyalardan biriga aylanadi.

Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, energetika va telekommunikatsiya kabi 18 ta muhim sektorda xitoylik yetkazib beruvchilarni taqiqlash 2026-yildan 2030-yilgacha bo‘lgan davrda Yevropa Ittifoqiga 432,83 milliard dollarga tushishi kutilmoqda. Hisobotda Yevropa Ittifoqi uskunalar almashtirilishi, aktivlarning hisobdan chiqarilishi hamda raqamlashtirish jarayonlarining sekinlashishi kabi jiddiy muammolarga duch kelishi ta’kidlangan.

Moliyaviy yo‘qotishlar Yevropaning yirik davlatlariga ham ta’sir qiladi. Xususan, Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Polsha va Niderlandiya kabi mamlakatlarning har biri 10 milliard yevrodan ortiq zarar ko‘rishi mumkin. Eng katta yuk esa Germaniya zimmasiga tushib, mamlakat iqtisodiyoti 170,8 milliard yevro miqdorida zarar ko‘rishi prognoz qilinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Xitoy texnologiyalarini taqiqlash Yevropaga 400 milliard dollardan qimmatga tushadi