date

Cristiano Ronaldo va o‘g‘li: Futbol olamidagi noyob orzu

Cristiano Ronaldo va o‘g‘li: Futbol olamidagi noyob orzu

Cristiano Ronaldo o‘zining to‘ng‘ich farzandi Cristiano Junior bilan bir jamoada to‘p surishni orzu qilmoqda. Manchester Yunayteddagi sobiq jamoadoshi Louis Saha GOAL nashriga bergan intervyusida, bu maqsadga erishish futbol olamida NBA'ga qaraganda osonroq ekanligini ta’kidladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Hozirda 41 yoshni qarshilagan afsonaviy hujumchi faoliyatining yangi bosqichida turibdi. Agar avvallari asosiy e’tibor sovrinlar va rekordlarga qaratilgan bo‘lsa, endilikda Al-Nassr yulduzi 1000 ta gol marrasini zabt etish va o‘g‘li bilan birga maydonga tushishni o‘zining asosiy maqsadi deb bilmoqda.

Iyun oyida 16 yoshga to‘ladigan Cristiano Junior otasining izidan borib, turli akademiyalarda o‘z mahoratini oshirib kelmoqda. Al-Nassr klubi iqtidorli yosh futbolchini asosiy tarkibga jalb etishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan.

NBA yulduzi LeBron James o‘z o‘g‘li Bronny bilan LA Lakers safida birga o‘ynab, tarixiy natijani qayd etgan edi. Saha esa futbol jamoalaridagi o‘yinchilar soni ko‘pligi sababli, Ronaldo uchun bu orzuni amalga oshirish LeBron'nikiga qaraganda qulayroq bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Cristiano Ronaldo va o‘g‘li: Futbol olamidagi noyob orzu