Bugun va dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Qayd etilishicha, 3—5 noyabr kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol bir ozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.
Harorat kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 19-24 daraja iliq, janubda 25-27 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo bir oz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 7-10 daraja iliq, kunduz kunlari 20-23 daraja iliq bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar