19:23 / 29.01.2024
383

Markaziy Osiyodagi holat tahlil qilindi

Markaziy Osiyodagi holat tahlil qilindi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti — FAOning Yevropa va Markaziy Osiyoda oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish bilan bog‘liq holat haqidagi hisobotini tahlil qildi.

Unga ko‘ra, 2020—2022 yillarda Markaziy Osiyoda to‘yib ovqatlanmaslik bilan bog‘liq holatlar 3,0 foizgacha kamaygan (jahon miqyosidagi o‘rtacha ko‘rsatkich — 9,2 foiz). Xususan, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 2020—2022 yillarda 2,5 foizdan past bo‘lgan.

2022 yilda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashuvi Markaziy Osiyo aholisining 4,6 foiziga dahl qildi (dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 11,3 foiz). Bu 2021 yil ko‘rsatkichiga nisbatan 0,4 foiz punktiga past, lekin 2019 yilda COVID-19 pandemiyasi boshlanishidan oldin qayd etilgan 2,3 foizlik darajadan yuqori.

2022 yilda Markaziy Osiyoda 3,5 million kishi oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq og‘ir ahvolga tushib qolgan. Bu 2021 yildagiga nisbatan 0,3 million kishiga kam.

2022 yilda Markaziy Osiyoda oziq-ovqat xavfsizligining ta’minlanishi o‘rtamiyona yoki og‘ir ahvolda ekanligini aks ettiruvchi o‘rtacha ko‘rsatkich 17,4 foiz (dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 29,6 foizga teng) ni tashkil etdi. Bu esa 2021 yildagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2,7 foiz punktiga past.

FAO hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022 yilda Markaziy Osiyoda oziq-ovqat xavfsizligining ta’minlanishi o‘rtamiyona yoki og‘ir bo‘lgan sharoitga tushib qolganlar soni 13,4 million kishini tashkil etdi. Bu 2021 yildagiga nisbatan 1,9 million nafarga kam.

2022 yilda Markaziy Osiyoda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida bo‘y o‘sishida ortda qolish ko‘rsatkichi 7,7 foizni tashkil etdi. Bu 2020 yildagiga nisbatan 0,9 foiz punktiga, 2000 yildagi (28,0 foiz) ga nisbatan esa 20,3 foiz punktiga kam. Xususan, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 2000 yildagi 28,9 foizdan 2022 yilda 6,9 foizga kamaygan.

Umuman Markaziy Osiyoda 15 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasida kamqonlikning tarqalishi 12,3 foiz punktiga kamaydi — 2000 yildagi 40,4 foizdan 2019 yilda 28,1 foizgacha. O‘zbekistonda ham kamqonlikning tarqalishini kamaytirish borasida muayyan yutuqlarga erishildi. Shunday qilib, 2000 yildan 2019 yilgacha bo‘lgan davrda bu ko‘rsatkich 21,7 foiz punktiga kamaydi (46,5 foizdan 24,8 foizgacha).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat