date

Toshkentga 1921 yilgi tanga olib kirilmoqchi bo‘ldi

Toshkentga 1921 yilgi tanga olib kirilmoqchi bo‘ldi
Ufa aeroportida bojxonachilar tomonidan 1921 yilgi noyob sovet kumush tangasi — 1 rubl tutilgan. Mazkur tangani Toshkentga yashirincha olib kirishga uringan yo‘lovchi ushlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak ushbu tangani “omad uchun” olib ketayotganini aytib, madaniy ahamiyatga ega buyumlarni deklaratsiyadan o‘tkazish zarur ekanligini bilmaganini ta’kidlagan. Mutaxassislarning fikricha, bu tanga sovet hokimiyati tomonidan muomalaga chiqarilgan birinchi va tarixda oxirgi kumush rubl hisoblanadi.

Ekspertiza uning haqiqiy ekanini tasdiqladi. Tangani olib ketishga uringan shaxsga nisbatan deklaratsiya va bojxona qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentga 1921 yilgi tanga olib kirilmoqchi bo‘ldi