Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgan edi.
Unda yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar 48 soat ichida kelmasa bekor bo‘lishi haqida xabar berilgan, keyinroq esa mutasaddilar ushbu yangilik noto‘g‘ri talqin qilinayotganini aytib, radarlar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar 48 soat ichida jarima haqida qaror yozadigan vakolatli organga, ya’ni YPX markaziga yuborilishi ta’kidlangan.
“O‘zbekiston 24” telekanalida tashkil etilgan intervyuda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muhammadjon Valiyev hamda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti, Yo‘l harakati xizmati axborot xizmati rahbari Azizxon Murodov mazkur savollarga javob bergan.
Deputat Muhammadjon Valiyevning so‘zlariga ko‘ra, mazkur qonun loyihasi ko‘rib chiqilishining birinchi zaruriyati – “O‘zbekiston–2030” strategiyasi qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishining 20-bandida shunday vazifa bor. Ya’ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda maxsus foto, video qayd etish moslamalari orqali aniqlangan jarimalarga muayyan muddat belgilash va muayyan muddatdan keyingi jarimalar kuchini yo‘qotishi ta’kidlangan.
Foto: Videodan kadr
"Fuqoralarga ma’lum muddat o‘tgandan keyin jarima keladigan bo‘lsa, ijtimoiy tarmoqlarda ham ko‘rdik, bir necha kun, hafta, hatto bir necha oylardan keyin ham jarima kelish holatlari uchramoqda. Bu holat esa fuqarolarga birmuncha qiyinchiliklar tug‘diradi. Jarimalari 15-30 kun muddat davomida to‘lansa ancha yengillik bor. Shundan kelib chiqib, bir necha oydan so‘ng keladigan jarimalar fuqarolarning savollariga, e’tirozlariga sabab bo‘ldi.
Ko‘p e’tirozga sabab bo‘ladigan masalalardan bittasi – yo‘l belgilari bo‘yicha, svetoforning qizil taqiqlovchi chirog‘iga o‘tishda yoki faqatgina svefotorga yaqin joyda chiziqning chizilgani, undan oldingi qismida chizilmagani yoki tezlikni oshirish bilan bog‘liq qator murojaatlar bo‘ladi. Ushbu qonun loyihasi hozir ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.
Bunda fuqarolarga yengillik berish nazarda tutilmoqda. Ya’ni Ichki ishlar vazirligining Ma’muriy amaliyot bo‘limiga, ya’ni vakolatli organga 48 soat ichida kelib tushsa ko‘rib chiqiladi. Agar kelib tushmasa huquqbuzarlik to‘xtatilishi haqida yaxshi norma kiritilmoqda”, – deydi deputat.
Ushbu holat asosan turli tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan radarlarga tegishli bo‘ladimi?
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti, yo‘l harakati xizmati axborot xizmati rahbari Azizxon Murodovning aytishicha, nafaqat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan yo‘llarga avtomatlashtirilgan foto-video qayd etish maxsus qurilmalar o‘rnatilgan, balki hozirgi kunda tadbirkorlik subyektlariga va hokimiyatlarga ham huquq berilgan.
Foto: Videodan kadr
"Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, fuqarolar tomonidan ham agar oldida ketayotgan transport vositasi yo‘l harakati qoidalarini buzadigan bo‘lsa, ular tomonidan ham Yo‘l harakati xavfsizlik xizmatiga video ko‘rinishda yuborishi mumkin. Tadbirkorlik subyektlari, hokimiyatlar tomonidan qo‘yilgan foto-video radarlardan huquqbuzarliklar Ma’muriy amaliyot tizimiga kech yetib kelyapti. Shuni tartibga solish maqsadida 48 soat etib belgilanmoqda", – deydi u.
Fuqaro uning huquqbuzarligi 48 soat ichida Ma’muriy amaliyot bo‘limiga kelib tushgani yoki ushbu muddatdan kechikib kelganini aniqlay oladimi?
Azizxon Murodovning ta’kidlashicha, bu borada tizim mavjud.
"Qaror chiqarilgan vaqtda qaysi soatda buzgani ko‘rinib turadi. Shundan ham fuqaro bilishi mumkin. Buni hech o‘zgartirolmaydi", – deya qo‘shimcha qiladi u. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi