O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida tarvuz bozorida murakkab vaziyat yuzaga keldi. Ushbu poliz ekinlarini yetishtiruvchilar tarvuzga talab yo‘qligidan shikoyat qilib, uni dalada terimsiz qoldirishga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda EastFruit tahlilchilari xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayrimlar tarvuzlarni faqat chorva mollarini boqish uchun yig‘ib olmoqda. EastFruit ulgurji narxlari monitoringi shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston bozorida yangi tarvuzning ulgurji narxi hozirda rekord darajada past va bir kilo uchun 8 sentni tashkil etadi. Biroq bu bozorga yetkazib berilgan va sotuvga qo‘yilgan mahsulot narxidir. Tarvuzni arzonroq narxda sotish esa foydasiz bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekistonda tarvuz narxining tushib ketishi va unga bo‘lgan talabning deyarli yo‘qligining sabablaridan biri uni asosiy bozorga — Rossiyaga eksport qilishning noqulayligidir. Rossiyada tarvuz narxi rekord darajaga tushib ketgan va ayni paytda ushbu mamlakatdagi tarvuzning ulgurji narxi uni O‘zbekistondan yetkazib berish qiymatiga taxminan teng.
“Bu mavsumda O‘zbekistondan Sharqiy Yevropa va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga tarvuz eksporti qiyin, chunki bu mintaqalarda ham narxlar juda past. Xususan, Ukrainadagi fermerlar ommaviy yig‘im-terim mavsumi boshlanishidan oldin ham tarvuzning ortiqcha yetishtirilishi va uning narxi tushib ketishiga duch keldi.
Shu uchun Ukraina va O‘zbekistonda tarvuz narxlaridagi farq tashish xarajatlarini qoplamaydi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun tarvuzni O‘zbekistondan olib kelgandan ko‘ra Ukrainadan sotib olish afzalroq”, deydi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Investitsiyalar bo‘limi iqtisodchisi Andriy Yarmak.
Meva-sabzavot biznesi bo‘yicha xalqaro ekspert Baxtiyor Abduvohidovning ta’kidlashicha, Tojikistonda ham vaziyat shunga o‘xshash.
“Fermerlar mayda tarvuzlarni istaganlarga bepul tarqatadi, yirik tarvuzlarni esa hech bo‘lmaganda, qandaydir narxda sotish mumkin”, deydi u.
Shu bilan birga, bozorning ba’zi ishtirokchilari yaqin kelajakda Sharqiy Yevropa mamlakatlarida sifatli tarvuz narxlari bir oz tiklanishi mumkinligini istisno qilmaydi. Bu anomal issiqlik bilan bog‘liq bo‘lib, hosilning bir qismini yo‘qotishga yoki uning sifatini pasaytirishga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, qarama-qarshi fikr ham mavjud.
Axir tarvuzni ommaviy yig‘ish 2-3 haftadan keyin boshlanadi, bu Ukraina bozorida narxlar darajasini yanada pasaytirishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi