Aka-uka, ukasini qimordan qutqarmoqchi bo‘lib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi

1 daqiqa o'qish458
Aka-uka, ukasini qimordan qutqarmoqchi bo‘lib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi

Samarqand shahrida qimorga berilib ketgan yigit ustidan nazorat o‘rnatish maqsadida og‘ir jinoyat sodir etildi. Aka-uka uni “tarbiyalash” bahonasida daraxtga bog‘lab, elektr kabeli bilan kaltaklagan. Buning oqibatida uka jon berdi, deb xabar berdi “Zamon” dasturi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fojia joriy yilning 20 iyun kuni sodir bo‘lgan. 29 yoshli marhum internetdagi tavakkalchilik va qimor o‘yinlariga qattiq berilgan. Uning qarzlari ko‘paygani sababli oilasi bu vaziyatni nazorat qilishga harakat qilgan. Ammo bu harakat fojea bilan yakunlangan.

Hodisa kuni aka-uka ukasini bog‘lab, unga bir necha bor jismoniy zarba bergan. Elektr simlari bilan urish natijasida u og‘ir tan jarohatlari olgan. Yigit uyga olib kirilgandan so‘ng holsizlanib, vafot etgan.

Marhumning rafiqasi sud jarayonida aytganidek, u eridan yomonlik ko‘rmagan, kredit qarzlarini ham mustaqil to‘lab kelgan. “Qaynakam 'shu yo‘l bilan to‘g‘ri bo‘ladi' deb o‘ylagan, lekin erim voqeadan oldin qarzini to‘lab bo‘lgandi”, — degan u ko‘z yoshi bilan.

Voqea vaqtida marhumning ota-onasi Rossiyada bo‘lgan va ular sudda ham jabrlanuvchi, ham da’vogar sifatida qatnashishgan.

Samarqand shahar sudi ayblanuvchilarga hukm o‘qidi. Sud xulosasiga ko‘ra, marhumning akasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi va 138-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topildi. U 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Ukasi esa 6 yil 6 oy qamoqda o‘taydi.

Mutaxassislar ta’kidlamoqda: bu fojea qimor illati nafaqat mol-mulk, balki inson hayotini ham yo‘q qilishini yana bir bor isbotladi. Qimorga qarshi kurash — faqat huquqiy emas, balki ma’naviy vazifadir.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?