Toshkent shifokorlari muddatidan avval tug‘ilgan siam egizaklarini ajratib olishdi

2 daqiqa o'qish5.7K
Toshkent shifokorlari muddatidan avval tug‘ilgan siam egizaklarini ajratib olishdi

O‘zbekiston tibbiyoti tarixida yana bir noyob voqea ro‘y berdi. Respublika shifokorlari siam egizaklarini murakkab va yurakni titratuvchi operatsiya orqali muvaffaqiyatli ajratib olishdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi rasman ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, amalga oshirilgan amaliyot Chirchiq shahrida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filialida o‘tkazilgan. Homiladorlikning 33–34 haftasida kesarcha kesish orqali tug‘ilgan siam egizaklar tug‘ilganidan atigi 9 soat o‘tib shoshilinch ravishda operatsiya qilingan.

Mahalliy sharoitda, yuksak aniqlik talab etuvchi texnologik usullar yordamida amalga oshirilgan operatsiya besh soat davom etgan. Bu murakkab jarayonni Respublika perinatal markazi qoshidagi Neonatal xirurgiya markazi rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Baxtiyor Ergashev boshchiligidagi tajribali mutaxassislar guruhi amalga oshirgan.

Professorning ta’kidlashicha, bunday operatsiyalar hatto tibbiyot darajasi yuqori bo‘lgan davlatlarda ham uzoq tayyorgarlik va keng tahlillardan so‘ng bajariladi. Shu bois bu muvaffaqiyatli natija mamlakat tibbiyoti salohiyati oshganining yorqin misoli sifatida baholanmoqda.

Bugun, 8 oktyabr kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov shaxsan mazkur chaqaloqlar holidan xabar oldi va operatsiyani bajargan shifokorlar jamoasi bilan uchrashdi. U o‘z nutqida ushbu amaliyotning nafaqat tibbiy, balki insonparvarlik ahamiyatini ta’kidlab, quyidagicha izhor qildi:

— Bunday murakkab amaliyotlar dunyo bo‘ylab ham har doim bajarilavermaydi. Bizda bunday operatsiya viloyat darajasida amalga oshirilib, muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu — milliy tibbiyotimiz yangi bosqichga ko‘tarilganidan dalolat, — dedi vazir.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, operatsiyada ishtirok etgan bir guruh shifokorlar va mutaxassislar “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Hozirda chaqaloqlar va ularning onasi sog‘lom ahvolda. Ularga shifoxonadan chiqish ruxsati berilib, shifokorlar ularning keyingi tiklanish jarayonini doimiy nazoratda ushlab turishini ma’lum qildi.

Muttaxassislar fikricha, bu kabi amaliyotlar mahalliy tibbiyot tizimining ilg‘or texnologiyalarga asoslangan holda rivojlanayotganidan, shifokorlar malakasining ortib borayotganidan dalolatdir.

O‘zbekiston tibbiyoti so‘nggi yillarda nafaqat yuqori malakali kadrlar, balki zamonaviy uskunalar va ilmiy yondashuvlar orqali xalqaro darajaga yaqinlashayotgani yana bir bor tasdiqlandi.

Shu tariqa, Chirchiqda amalga oshirilgan ushbu noyob operatsiya nafaqat ikki chaqaloqning hayotini saqlab qoldi, balki butun mamlakat tibbiyoti uchun yangi umid va ishonch ramziga aylandi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?