15:09 / 15.08.2024
112

Bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirishning 3 ta sinalgan usuli

Bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirishning 3 ta sinalgan usuli
Foto: FirstCry Parenting
Farzand uchun kitob haqiqatan ham eng yaxshi sovg‘adir, ammo uni barcha bolalar birdek sevib o‘qishni istamaydi. Bugungi maqolada bir nechta samarali texnikalardan foydalanish orqali bolani kitob mutolaasiga ishtiyoqini kuchaytirish sirlari bilan bo‘lishamiz.

Kitobni ovoz chiqarib o‘qing

Farzandingizga kitob o‘qib berishni qanchalik tez boshlasangiz, shuncha yaxshi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq nima deyayotganingizni tushunmasa ham, u ovoz ritmini va ifoda ma’nosini ilg‘ay oladi. Kelajakda uning so‘z boyligi ota-onalari ovoz chiqarib kitob o‘qimagan tengdoshlariga qaraganda boyroq bo‘ladi, chunki bola turli so‘zlarning ko‘proq variantlarini eshitadi. Mutolaa qilish boshqalarni yaxshiroq tushunishga o‘rgatadi.

Agar siz chaqaloqqa kitob o‘qib berayotgan bo‘lsangiz ham, bu masalaga ijodiy yondashing. Matnni bir xilda talaffuz qilish o‘rniga turli intonatsiyalarni ishga soling. Agar kitobda rasmlar bo‘lsa, unga bog‘liq voqealar haqida o‘qiganingizda suratlarni bolaga ko‘rsating. Kattaroq bolaga esa u o‘qib chiqqan kitoblari haqida savollar berish mumkin. Bu orqali mutolaa jarayonida ishtirok etish, xotira va tasavvurni faollashtirish imkonini olasiz. Masalan, boladan unga aynan qaysi qahramon yoqqanini so‘rang.

Bolaning qiziqishlarini hisobga oling

Foto: FirstCry Parenting
Kitob tanlashda bolaning qiziqishlaridan boshlang: shunda adabiyot bolani qiziqtirgan narsalarni o‘rganishning asosiy vositasi ekanligini tushunadi. Farzandingiz istagan kitoblarni xarid qilishga mutolaaga qiziqishni oshiradi. Agar tez-tez kitob xarid qilishga imkoningiz bo‘lmasa, birgalikda kutubxonaga boring.

Farzandingizni o‘zi biror adabiyotni tanlashiga qo‘yib bering. Agar u Dostoyevskiy romanlarini emas, balki faqat komikslar yoki Garri Potter haqidagi hikoyalarga qiziqsa, xavotir olmang. Asosiysi u mutolaa qilyapti. Boshqa asarlarga qiziqishni yumshoqlik bilan taklif qilishingiz mumkin, lekin bolani hali u tayyor bo‘lmagan asarni o‘qishga aslo majburlamang.

Farzandingizning bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazishiga e’tibor bering

Foto: FirstCry Parenting
Zamonaviy insonlar kuniga o‘rtacha 74 Gb gacha ma’lumotni qabul qiladi. Olimlarning fikriga ko‘ra, 500 yil avval ziyoli insonlar butun umri davomida aynan shuncha miqdorda ma’lumotni qabul qilgan.

Smartfonlardan va internetdan faol foydalanadigan bolalar ham katta hajmdagi ma’lumotlarga duch kelishadi. Bugungi kunda kitoblar turli multfilmlar, TikTok videolari, mobil o‘yinlar bilan raqobatlashmoqda. Shu sababli ko‘ngilochar gadjetlardan foydalanishni cheklashga harakat qiling.

2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga odatiy kunlarida kuniga bir soatgacha, dam olish kunlari esa uch soatgacha ekran qarshisida o‘tirishi mumkin.

Mutolaaga interaktiv yondashing. Masalan, kuzda farzandingizga ushbu mavsumga mos kitoblarni taklif qiling. Kitobdagi qahramonlar rasmi tushirilgan bo‘yash daftarlari (raskraska) olib bering, bolangizning sevimli asarlari asosida o‘yinlar o‘ylab toping. Xulosa qilib aytganda bolalarga adabiyot qiziqarli bo‘lishi mumkinligini amalda ko‘rsatib berish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirishning 3 ta sinalgan usuli