
O'zbekiston davlat bayrog'i tasviri asosida yaratilgan libosda suratga tushgan modelning fotosuratlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo'ldi. Ushbu holat san'at va milliy ramzlarga hurmat chegaralari borasida bahslarni keltirib chiqardi.
Ko'plab foydalanuvchilar bunday harakatni hurmatsizlik deb baholashdi. Huquqshunoslar voqeani izohlar ekan, mamlakat qonunchiligida bayroqning kiyim sifatida ishlatilishi qat'iyan man etilganini eslatib o'tishdi.
Ushbu qoidalarning buzilishi ma'muriy javobgarlikka olib keladi. Davlat ramziga nisbatan haqorat sifatida baholanishi mumkin bo'lgan holatlarda esa jinoiy javobgarlik ham ko'zda tutilgan.
Mazkur hodisa jamiyatda davlat ramzlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish va ularni ommaviy hamda ijodiy maydonda ishlatish bo'yicha qonunchilikni tartibga solish zarurati masalasini yana bir bor kun tartibiga chiqardi. O'zbekiston bayrog'i ranglari chuqur ramziy ma'noga ega: moviy rang osmon va suvni, oq rang tinchlik va poklikni, yashil rang tabiat va hosildorlikni, qizil chiziqlar esa hayotiy kuchni ifodalaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar