15:18 / 10.11.2024
35

Irim-sirimlar zamoni o‘tdi: miyani ishlating!

Irim-sirimlar zamoni o‘tdi: miyani ishlating!
Eng yaxshi aql, bu ─ emin-erkin aqldir. Agar sizning miyangiz yangi g‘oyalar, konsepsiya va odamlardan to‘silgan bo‘lsa, o‘z zakovatingiz uchun hibsxona yasagan bo‘lasiz, vassalom!

Sabrsizlik sizga taqdim etilgan imkoniyat va aloqalardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi. Qachonki ongingiz «ochiq» bo‘lsa, tasavvuringizni rivojlantirasiz va uni o‘zingiz uchun ishlata olasiz!

Hozir tasavvur qilish qiyin: bundan yuz yillar muqaddam aka-uka Raytlarning havoga uchish bo‘yicha tajribalari ustidan kulgan odamlar bo‘lgan. Shu bois ham Lindberg Atlantika ustidan uchib o‘tish bo‘yicha o‘z loyihasini qo‘llab-quvvatlovchi kishilarni uzoq vaqt axtarishiga to‘g‘ri keldi.

Uzoqni ko‘zlaydigan kishilar oldindan «biz hali hademay oyga uchamiz», deganida juda ozchilik ishongan. Bizning kunlarimizda aynan shu kabi hamma narsaga shubha bilan qarovchilar sharmanda bo‘lishmoqda.

Yopiq, to‘silgan tafakkur – shaxsning harakatsizlik belgisidir. Bunday inson tamaddunni chetlab o‘tadi va hech qachon u taqdim etgan imtiyozlardan foydalanishi aslo mumkin emas.

Siz faqat bitta shart bilan emin-erkin ongni egallashingiz mumkin, ana shunda muvaffaqiyat fonidagi asosiy qoidani to‘la-to‘kis anglab olasiz. Inson nimaga erishmoqchi bo‘lsa, barchasiga o‘zining «ochiq» ongi tufayli erishadi. «Ochiq» ong bilan qurollangan odam biznesda ajoyib natijalarga erishadi, sanoatda va boshqa har qanday sohada ham muvaffaqiyat qozonadi. Ongi «yopiq» odam esa, xuddi ovsarlardek «mumkin emas» deb qichqirishda davom etaveradi.

O‘zingizga yaxshilab qiyo boqing va bu juda foydali. Siz «Men eplayman» yoki «Buni qilsa bo‘ladi» degan kishilar safida turasizmi yoki «Hech kim buni bajara olmaydi» deydigan toifaga moyilmisiz? Balki ayni damda bu ishni allaqachon amalga oshirayotgan kishilar bilan birgadirsiz?

Emin-erkin ong ishonchni talab qiladi. U o‘ziga va siz bilan yonma-yon yurgan kishilarga, bizga tamaddunni, butun koinotni ato etgan shaxsga ishonadi.

Irim-sirimlarga ishonadigan zamonlar o‘tdi. Ammo, afsuski, xato tushunchalar soyasi hamon xuddi oldindagidek tundligicha ko‘lanka solib turibdi. Siz ana shu qorong‘ilikda o‘z shaxsiyatingizni puxta o‘rganib, yorug‘likka chiqishingiz mumkin. Xo‘sh, aqlga muvofiq xulosalar chiqarib, mantiqqa asoslanyapsizmi yoki hissiyotlar va xato fikrlar asosiga tayanganmisiz? Boshqa odamlarning da’volarini diqqat bilan eshityapsizmi, shu haqda o‘ylayapsizmi? Siz o‘zi, birinchi navbatda, mish-mish hamda turli ovozlar bilan tanishmoqchimisiz yoki dalilar bilanmi?

Inson miyasi fikrlar bilan doimiy ravishda oziqlanib turmas ekan, uning zakovati chegaralanib, xiralashib qoladi.

Urush paytida miyani chalg‘itish bilan mashg‘ul bo‘lgan kishilarni, umuman, inson irodasini uni gazeta, kitob, radio, televideniye va boshqa axborot vositalaridan mahrum etish sharoiti bilan sindirish mumkin. Bunday vaziyatda inson aqli uchun ozuqa ololmay, aziyat chekadi va faqat kuchli iroda hamda sidqidildan bo‘lgan ishonch uni qutqarishi mumkin.

O‘ylab ko‘ring, ehtimol, siz ham o‘z tafakkuringizni ijtimoiy va madaniy izolyatsiya doirasiga qo‘ygandirsiz? Miyangizni chalg‘itib, muvaffaqiyatga eltuvchi g‘oyalardan o‘zingizni chetga olmaganmisiz ishqilib?

Agar shunday bo‘lsa, xato, yanglish fikrlar to‘sig‘ini yo‘qotish kerak, aks holda ular aql-zakovatingizni chegaralab tashlaydi. O‘z aqlingizni «oching» va unga ko‘proq erkinlik bering!

(Napoleon Xill kitobidan)

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Irim-sirimlar zamoni o‘tdi: miyani ishlating!