Bektemirdagi maktabda sodir bo‘lgan zo‘ravonlik o‘rganilmoqda

1 daqiqa o'qish238
Bektemirdagi maktabda sodir bo‘lgan zo‘ravonlik o‘rganilmoqda

Toshkent shahri Bektemir tumanidagi 290-maktab hududida 4-oktabr kuni soat 16:20 atrofida ikki o‘quvchi o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi, deb UPL.uz xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, 9-sinfda o‘qiyotgan, 2010-yilda tug‘ilgan 15 yoshli o‘quvchi va 3-sinfda o‘qiyotgan, 2016-yilda tug‘ilgan 9 yoshli bola og‘zaki tortishuvga kirishgan. Tortishuv chog‘ida katta yoshli o‘quvchi velosipedga zarba bergan. Velosipedda harakatlanayotgan bola yiqilib, yuziga jiddiy shikast yetkazgan.

Sud-tibbiy ekspertiza natijasiga ko‘ra, bolaning o‘ng lab qismi yirtilgan, ikkinchi tishi to‘liq, birinchi tishi esa qisman chiqib ketgan. Shuningdek, peshonasi, chap yoni, yelkasi va qo‘llarida urilish va yumshoq to‘qimalar jarohati aniqlangan. Shikastlar yengil deb baholangan.

Hozirda Bektemir tuman IIB xodimlari tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 15 yoshli bolaning onasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning bolalarni tarbiyalash bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik moddasi bo‘yicha bayonnoma tuzilgan.

Shuningdek, maktab ma’muriyati va ota-onalar bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilib, bu kabi holatlarning oldini olish choralariga kelishilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?