Samarqandda 18 kg kumush sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

1 daqiqa o'qish263
Samarqandda 18 kg kumush sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Samarqand viloyatida noqonuniy kumush savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar faoliyati to‘xtatildi, deb xabar berdi idoralar manbalari.

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari Narpay tumanida o‘tkazgan tezkor tadbir davomida Navoiy viloyatida yashovchi uch nafar shaxs — 1980, 1983 va 1987 yillarda tug‘ilgan fuqarolar — “shartli xaridor”ga 18 kilogramm kumushni 21 ming dollarga sotish paytida jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Asillik darajasi nazorati inspeksiyasi xulosasiga ko‘ra, ushbu metallning sof og‘irligi 16 kilogramm 744 gramm bo‘lib, “999” asillik darajasiga ega. Uning umumiy bahosi 502 million so‘mdan ziyod deb baholangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi “a” bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda, kumushning kelib chiqish manbasi o‘rganilmoqda.

Mahalliy manbalarning ta’kidlashicha, oxirgi oylarda qimmatbaho metallar bilan bog‘liq noqonuniy operatsiyalar soni ortib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar nazorati kuchaytirilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?