date

Toshkentliklar transport muammolarini sun’iy intelekt hal etishini xohlaydi

Toshkentliklar transport muammolarini sun’iy intelekt hal etishini xohlaydi

Toshkentda o‘tkazilgan ICT Week Uzbekistan doirasidagi so‘rov natijasiga ko‘ra, ishtirokchilarning 76 foizi transport muammolarini hal qilishni sun’iy intellektga ishonishini bildirgan, deb Tashkent Today xabar berdi. So‘rovni IT-kompaniya Sergek tashkil qilgan. Unda 20 ming tashrifchidan 3 mingdan ortig‘i qatnashgan.

Foydalanuvchilar IIni transport bilan bog‘liq muammolar — tirbandlik, taksi narxlarining oshishi, hovlilar orqali aylanma yo‘llar kabi masalalarda qo‘llash tarafdori ekanini bildirgan.

Ikkinchi o‘rinda — ekologiya masalalari: 53 foiz ishtirokchi havo sifati, ko‘kalamzorlashtirishni IIga ishonishini aytgan. Qolgan sohalar quyidagicha: xavfsizlik (33%), madaniyat va ko‘ngilochar yo‘nalishlar (31%), tibbiyot va ta’lim (29%), 24/7 raqamli servislar (29%).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentliklar transport muammolarini sun’iy intelekt hal etishini xohlaydi