AQSHning Nyu-York shahrida yashovchi tadbirkor ayol Steysi Dennett ChatGPT yordamida 2000 dollarlik qarzdan xalos bo‘ldi. U advokat yollash imkoniga ega bo‘lmagani sababli sun’iy intellektdan foydalanib, sudda o‘zini mustaqil himoya qilgan.
ChatGPT unga himoya nutqini tayyorlash, dalillarni to‘g‘ri tartibga solish va sudga tayyorgarlik ko‘rishda yordam bergan. Dennett hatto ChatGPT'dan “Garvard professori sifatida fikr bildir” deb so‘ragan va dalillarini tahlil qilib chiqqan. U natijada qarzni kamaytirishga va mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishga erishgan.
Bunday holatlar AQSHda ortib bormoqda. Masalan, Los-Anjeleslik Linn Uayt ChatGPT va Perplexity yordamida 73 ming dollarlik jarimadan xalos bo‘lgan. Yana bir amerikalik Jennifer Allan esa ChatGPT yordamida 11 ming dollarlik qarzini yopgan.
Nyu-Yorklik ayol ChatGPT bilan sudda yutib, qarzdan qutuldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar