14:06 / 27.11.2024
11

O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qilgan saytlar bloklandi

O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qilgan saytlar bloklandi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qiluvchi 30 ga yaqin sayt bloklanganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, qo‘mita tomonidan qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni targ‘ib qilishga qaratilgan veb-saytlar yuzasidan doimiy o‘rganish va tahlillar olib borilmoqda.

Reklamaga oid qonunbuzilishlarga nisbatan tezkor choralar ko‘rish maqsadida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bunda, bukmekerlik xizmatlariga oid reklamani targ‘ib qiluvchi veb-saytlarga kirishni cheklash (bloklash) choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, amalga oshirilgan ishlar natijasida bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qiluvchi 42 ta veb-saytni bloklash bo‘yicha AOKAga takliflar kiritilgan bo‘lib, shundan 30 ga yaqin saytlar belgilangan tartibda bloklangan.

2023 yil sentyabrida bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 27 ta sayt bloklangandi. 2021—2022 yillarda ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va tashqi reklama vositalari orqali totalizator va bukmekerlik xizmatlariga doir 348 ta reklama aniqlagan va 32 ta sayt bloklangan.

“Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 46-moddasida qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda tashkil etiladigan qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar reklamasiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.

Bukmekerlik xizmatlari haqida

Prezidentning “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025 yil 1 yanvardan tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni onlayn o‘tkazishga hamda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga ko‘ra, mazkur farmon mablag‘larning mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan.

Chet elga qancha mablag‘ chiqib ketishi bo‘yicha aniq raqamlar yo‘q. Lekin ma’lum qoidalar asosida hisoblab chiqsa bo‘ladi. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, bir yilda qimor o‘yinlariga O‘zbekistondan 300 million dollardan 1 milliard dollargacha bo‘lgan mablag‘ chet elga chiqib ketyapti”, degan edi agentlik boshqarma boshlig‘i Nodir Jo‘rayev 2024 yil mayida o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Farmonga ko‘ra, tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni internetda (onlayn) amalga oshirish yo‘lga qo‘yiladi. Barcha to‘lovlar bank orqali qabul qilinadi. Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni maxsus litsenziya olgan yuridik shaxslar tashkil etishiga ruxsat beriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qilgan saytlar bloklandi