
Shveytsariyalik neft savdosi bo'yicha tadbirkor va Gunvor kompaniyasining asoschisi Torbyorn Tornkvist «Lukoyl»ning xalqaro aktivlarini sotib olishi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) xabar bermoqda. 
Agar Vashington va London ushbu bitimni tasdiqlasa, Gunvor Bronxdan Sitsiliyaga qadar yonilg'i quyish shoxobchalari tarmog'ini, Yevropa bo'ylab neftni qayta ishlash zavodlarini, shuningdek, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi neft konlarini o'z boshqaruviga oladi. Bitim qiymati 20 milliard dollargacha yetishi mumkin bo'lib, bu jahon neft savdosida muhim burilish nuqtasi sifatida baholanmoqda. 
Shuningdek, ushbu kelishuv Rossiya uchun foydali bo'ladi, chunki bu chet eldagi bloklangan aktivlar muammosini hal qilishga yordam beradi. The Wall Street Journal ma'lumotlariga ko'ra, muzokaralar juda tez o'tgan – «Lukoyl» aktivlarni sotishga qaror qilganidan uch kun o'tib bitim imzolangan. 
Bunda Rossiya kompaniyasi uchun aktivlarni qayta sotib olish imkoniyati ko'zda tutilmagan. Mutaxassislarning fikricha, ushbu xarid Gunvorning jahon energetika bozoridagi mavqeini mustahkamlaydi va AQShning sanksiyalar siyosati neft savdosining yashirin sektorini qanday o'zgartirayotganini namoyish etadi. 
«Lukoyl» O'zbekistonda ham aktivlarga ega bo'lib, kompaniyaning mamlakatdagi eng yirik loyihasi Qandim gazni qayta ishlash majmuasi hisoblanadi. Ushbu majmua yiliga 8,1 milliard kubometr gazni qayta ishlash quvvatiga ega. 
Gunvor «Lukoyl»ning Markaziy Osiyo aktivlarini sotib olishi mumkin
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar