07:14 / 09.01.2025
57

2025 yilda Ai-80 benzini sotuvi cheklanishi mumkin

2025 yilda Ai-80 benzini sotuvi cheklanishi mumkin
2025 yilgi davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi. Loyihada yil yakuniga qadar Evro–4 standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilgʻisidan foydalanish va sotishni cheklash taklif etilgan.

Shuningdek, joriy yilda respublikaning barcha hududlarida joylashgan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalariga yoqilgʻi sifatida mazutdan foydalanishni taqiqlash koʻzda tutilmoqda. Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda avariyaviy yoqilgʻi sifatida foydalanish holatlari istisno sifatida belgilanishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, 2024 yil 24 sentyabr kuni qabul qilingan prezident qarori bilan, Toshkent shahri va unga tutash Toshkent viloyatining hududlarida joylashgan isitish va elektr energiya ishlab chiqarish korxonalarida yoqilgʻi sifatida mazutdan foydalanishni 2030 yildan boshlab taqiqlash, Evro–4 standartidan past yoqilgʻilarni bosqichma-bosqich cheklashni esa 2028 yildan boshlash belgilangan edi.

Joriy yilgi davlat dasturi loyihasi bilan, shuningdek, 2025 1 maydan boshlab, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida quyidagi yoʻnalishlarda yangi loyihalarni amalga oshirishni taqiqlash taklif etilmoqda:
  • asbest, tsement ishlab chiqarish, shlam va shlaklar;
  • teri-koʻnchilik, parrandachilik fabrikalari;
  • samaradorligi yuqori boʻlgan chang-gaz tozalash inshootlari bilan jihozlanmagan har qanday turdagi koʻmir yoqish;
  • qora va rangli metallurgiya zavodlari, tarkibida zaharli aralashmalar boʻlgan oyna, zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlash;
  • xavflilik darajasining I va II sinfiga mansub chiqindilarni qayta ishlash va yoqish korxonalari.

Sanab oʻtilgan toifalarga kiruvchi, energiya sigʻimi yuqori boʻlgan mavjud quvvatlar Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan koʻchirilishi mumkin.

Shuningdek, 2025 yil 1 noyabrga qadar plastik qadoqlarni yoki plastik qadoqlarda mahsulot ishlab chiqaruvchi hamda import qiluvchilarga “taralarni qaytarish”, ushbu turdagi chiqindilarni qabul qiluvchi maxsus joylar va uskunalarni oʻrnatish orqali yigʻib olish va utilizatsiya qilish yoki utilizatsiya yigʻimini toʻlash boʻyicha kengaytirilgan majburiyatni joriy qilish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqilishi nazarda tutilmoqda.

Prezident farmoni loyihasi boʻyicha jamoatchilik muhokamasi 22 yanvargacha davom etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat