
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida Toshkent shahrida iste'molchilarga 5,3 milliard so'm qaytarildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasining shahar boshqarmasi ma'lumotlariga asoslanib xabar berildi. 
Ma'lum bo'lishicha, ushbu davr mobaynida shahardagi iste'molchilardan 7,6 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan, ularning 52 foizi iste'molchilar manfaatiga hal etilgan. Shuningdek, 1 mingga yaqin tashkilotlarda reklama sohasida muammolar aniqlangan. 
Natijada, 66 ta kompaniyaga nisbatan jarima chorasi qo'llanilib, ularning umumiy miqdori 659 million so'mni tashkil qilgan. Tekshiruv natijalari bo'yicha, boshqarma 11 moliyaviy muhim tashkilotni davlat reyestriga kiritdi. 
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 