
Buxoro viloyati IIB matbuot xizmatining xabariga ko'ra, bolalarni noqonuniy diniy ta'limga jalb qilgan shaxslar aniqlangan. Ichki ishlar organlari tomonidan o'tkazilgan maxsus tadbir davomida Shofirkon tumanida istiqomat qiluvchi shaxslarning o'z uyida noqonuniy ravishda bolalarga diniy ta'lim berib kelgani aniqlangan.
Ma'lum qilinishicha, ta'lim jarayoni sanitariya talablariga zid sharoitlarda, jismoniy va psixologik bosim ostida o'tkazilgan. O'quvchilar orasida Samarqand va Jizzaxdan kelgan bolalar ham bo'lgan.
Jami uch nafar bola diniy ta'lim olish jarayoniga jalb qilingan. Ta'kidlanishicha, joriy yilning avgust oyidan boshlab O'zbekistonda bolalarga noqonuniy diniy ta'lim berish bilan bog'liq javobgarlik kuchaytirilgan.
Endilikda bu kabi qonunbuzarliklar uchun ma'muriy javobgarlik o'rniga jinoyat kodeksiga binoan javobgarlik belgilangan. Ushbu holat bo'yicha Jinoyat kodeksining "Diniy ta'limotlarni o'qitish tartibini buzish" moddasining 2-qismi asosida jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Ayblanuvchilarga uch yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo'llanilishi mumkin. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar