
O‘zbekiston Adliya vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, hokimliklar xodimlari faoliyat samaradorligini baholash bo‘yicha namunaviy tartib ro‘yxatga olindi. Ushbu hujjat 28-oktabr kuni 3696-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Mazkur tartib respublika bo‘ylab barcha tuman va shahar hokimliklariga, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hokimliklariga tatbiq etiladi. Hokimliklarning ayrim lavozimlaridagi xodimlar faoliyati samaradorligi davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining maxsus davlat reyestriga kiritilgan ichki tartib asosida baholanadi.
Samaradorlik ko‘rsatkichlari quyidagi talablar asosida aniqlanadi: aniq, vaqt bilan cheklangan, malakaga mos, maqsadli, erishish mumkin bo‘lgan va o‘lchanadigan bo‘lishi kerak. Hokimlik xodimlarining faoliyat samaradorligini baholash, tasdiqlash va mezonlarini ishlab chiqish "samaradorlik.uz" elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
Baholash maxsus sxema asosida olib boriladi. Xodimlarning samaradorligi darajalarga bo‘linadi: 1.
Qoniqarsiz (D) — 70 balldan kam; 2. Qoniqarli (C) — 70 dan 85 ballgacha; 3.
Yaxshi (B) — 85 dan 100 ballgacha; 4. A’lo (A) — 100 balldan yuqori.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar