23:02 / 10.01.2025
1

Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi

Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning notanish telefon raqamlaridan qilingan qoʻngʻiroqlarga javob berishi bilan ularning bank kartalaridagi pul mablagʻlari avtomatik tarzda echib olinayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Holat boʻyicha Markaziy bank izoh berdi.

Ma'lum qilinishicha, bugungi kunda mamlakatda faoliyat olib borayotgan tijorat banklari hamda toʻlov tashkilotlari mobil ilovalarida firibgarlik holatlarining oldini olishga qaratilgan xavfsizlik choralari koʻrilgan.

Xususan, fuqaro tijorat banki yoki toʻlov tashkiloti mobil ilovasidan foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtishda telefon raqamini koʻrsatadi hamda SMS xabar shaklida kelgan tasdiqlash kodini kiritadi. Shuningdek, shaxsini tasdiqlash maqsadida qoʻshimcha biometrik identifikatsiyadan oʻtishi lozim. Roʻyxatdan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqaro mobil ilovada oʻziga tegishli bank kartasini biriktirish imkoniga ega boʻladi.

Shu bilan birga, mobil ilovaga bank kartasini biriktirishi uchun bank kartasiga ulangan telefon raqamiga bir martalik tasdiqlash kodi (OTR) yuboriladi. Ushbu OTP kod fuqaro tomonidan mobil ilovaga toʻgʻri kiritilganidan keyingina uning bank kartasi ilovaga biriktiriladi.

Bunda mobil ilovada roʻyxatdan oʻtish jarayonida kiritilgan telefon raqami va bank kartasiga SMS xabarnoma orqali ulangan telefon raqam bir xil boʻlishi lozim, aks holda bank kartasini ilovaga biriktirish rad etiladi.

Bundan tashqari, tijorat banklari va toʻlov tashkilotlari mobil ilovalarida yangi roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilarga nisbatan ilovaga biriktirilgan bank kartalaridan foydalanish 1 soatgacha cheklanadi.

Biroq fuqaro oʻzining mobil ilovadagi akkauntini boshqarish huquqini beruvchi login va parol hamda telefon raqamiga kelgan bir martalik OTP kodni begona shaxslarga (firibgarlarga) berib qoʻysa yoki messenjerlar orqali tarqalayotgan zararli APK fayllarni mobil qurilmaga oʻrnatsa, uning bank kartasidan noqonuniy ravishda pul echib olinishi mumkin!”, deyiladi xabarda.

Markaziy bank aholi va tadbirkorlik sub'ektlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ishonmaslikka chaqirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat