43 yil nohaq qamoqda bo‘lgan amerikalik erkak yana hibsga olindi

1 daqiqa o'qish555
43 yil nohaq qamoqda bo‘lgan amerikalik erkak yana hibsga olindi

AQSHda adolatsizlik qurboni bo‘lgan 64 yoshli Subramanyam Vedam nomli erkakning taqdiri yana jamoatchilik e’tiborini qozondi. U 43 yil davomida nohaq ravishda qamoqda o‘tirib, ozodlikka chiqqanidan ko‘p o‘tmay yana hibsga olingan. Bu haqda LADbible nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Vedam 1980-yillarda o‘zining 19 yoshli sobiq xonadoshi Tom Kinserning o‘ldirilishida ayblanib qamalgan. Yo‘qolgan talabaning jasadi to‘qqiz oydan so‘ng topilgan va Vedam asosiy gumondor sifatida hibsga olingan. Sud uni shartsiz umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan.

Oradan to‘rt dahya asr o‘tgach, yangi dalillar uning aybsizligini isbotladi. Shu yil boshida sud uni oqlab, erkinlikka chiqardi. Ammo erkak oilasi bilan uchrashishga ham ulgurmay, AQSH Immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) agentlari tomonidan yana hibsga olindi.

ICE bayonotiga ko‘ra, u agentlik tomonidan deportatsiya jarayoni yakunlanguncha hibsda qoladi. Ma’lum bo‘lishicha, Vedam asli Hindistonda tug‘ilgan va u yerdan atigi to‘qqiz oylik chog‘ida AQSHga olib kelingan. Endi uni vataniga qaytarish ehtimoli bor.

Erkakning yaqinlari bu holatdan qattiq iztirobda. Ular Vedam bilan ozodlikda quchoqlashishga ham ulgurmaganini aytishdi.

Huquqshunoslar esa bu voqeani AQSH huquq tizimidagi eng achinarli xato va “erkinlikning qayta tortib olinishi” sifatida baholamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?