date

Dunyo bolalari orasida semizlik epidemiya darajasiga yetdi

Dunyo bolalari orasida semizlik epidemiya darajasiga yetdi

Jahonda bolalar orasida ortiqcha vazn va semizlik muammosi juda tez kuchaymoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti 16 oktyabr — Jahon oziq-ovqat kuni munosabati bilan e’lon qilgan hisobotida bu xavfli tendensiya yana bir bor ta’kidlandi.

Hisobot ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda yer yuzidagi 670 million kishi ochlikdan aziyat chekayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan 391 million bola ortiqcha vaznga ega. Ulardan 188 millioni esa og‘ir semizlik darajasiga chalingan. Ya’ni har besh boladan biri ortiqcha vazn bilan, har o‘ntasidan biri esa semizlik bilan yuzma-yuz.

FAO tahlilchilari bu holat ayniqsa Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Amerika qit’asida keskin namoyon bo‘layotganini ta’kidlamoqda. Masalan, Chilida bolalarning 58 foizi, Janubiy Tinch okeani orollarida esa qariyb yarmi ortiqcha vaznga duch kelgan.

Mutaxassislar fikricha, noto‘g‘ri ovqatlanish, harakatsiz hayot tarzi va tayyor ovqatlarga bog‘liqlik bu holatning asosiy sabablari hisoblanadi. Bu esa bolalar sog‘ligiga jiddiy xavf tug‘diradi.

FAO va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, to‘g‘ri ovqatlanishni o‘rgatish va bolalarni sportga jalb qilish bo‘yicha davlatlar miqyosida keng qamrovli dasturlarni amalga oshirish zarurligini ta’kidlamoqda.

Olimlar fikricha, semizlik nafaqat jismoniy, balki ruhiy sog‘likka ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababdan bu muammoga qarshi kurash global darajadagi ustuvor vazifaga aylanishi lozim.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyo bolalari orasida semizlik epidemiya darajasiga yetdi