![Ta'lim olish sogʻliq uchun foydali ekani isbotlandi](/uploads/posts/2025-02/1adb337086_narkotik-5.webp)
Ta'lim nafaqat muvaffaqiyatli karera qurishga va koʻproq daromad olishga yordam beradi, balki sogʻlom hayot kechirish kaliti ham hisoblanadi, deb ta'kidladi tadqiqot rahbari Samelin Grimsgor.
“Tromseundersokelsen” nomli keng koʻlamli tadqiqot 1974 yilda boshlangan: 50 yildirki, minglab norvegiyaliklar ushbu tajriba doirasida muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtib kelmoqda, tahlillar topshirib, olimlarga oʻz sogʻligʻi va turmush tarzi haqidagi ma'lumotlarni bermoqda. 2007 va 2016 yillarda olingan soʻnggi natijalar tahlili koʻrsatishicha, quyi ma'lumotli odamlarning sogʻligʻi oliy ma'lumotli ishtirokchilarga nisbatan tezroq yomonlashadi.
Boy va kambagʻal ishtirokchilarning umr koʻrish davomiyligi ham bir-biridan farq qiladi. Masalan, tadqiqotlarda 40 yoshdagi badavlat erkaklar kambagʻal tengdoshlariga qaraganda deyarli 14 yil koʻproq umr koʻrishi aniqlandi. Ayollarda bu farq kichikroq, ammo baribir sezilarli boʻlib, taxminan 8,4 yilni tashkil etadi.
8 000 dan ortiq ishtirokchilarning qon tahlillari va boshqa tibbiy koʻrsatkichlari yosh oʻtishi bilan sogʻliq muqarrar ravishda yomonlashishini, ammo ma'lumoti kam odamlarda bu jarayon yanada tezlashishini tasdiqladi. Bunga sabablar qatorida olimlar jismoniy faollik kamligi, notoʻgʻri ovqatlanish va zararli odatlarni keltirdi. Ma'lum boʻlishicha, faqat boshlangʻich maktab ta'limini olgan odamlar koʻpincha kam harakatli turmush tarzini olib boradi, ularning koʻpchiligida ortiqcha vazn va chekishga qaramlik kuzatiladi.
Shuningdek, ish va moliyaviy holat bilan bogʻliq stress ham salomatlik holatiga ta'sir qiladi. Etarlicha ma'lumotga ega boʻlmagan odamlar koʻpincha iqtisodiy qiyinchiliklarga duch keladi, ularning muvaffaqiyatli karera qurish istiqbollari kamroq, koʻpincha sogʻliq uchun zararli sharoitlarda ishlashga majbur boʻladi.
“Tromsoundersokelsen” — Norvegiyadagi eng yirik va dunyodagi eng mashhur uzoq muddatli tibbiy tadqiqotlaridan biri. Oʻtgan 50 yil davomida unda 45 mingdan ortiq odam ishtirok etdi. Tadqiqot keng koʻlamli sogʻliqni saqlash masalalarini oʻz ichiga oladi. Bular jumlasiga yurak, oʻpka kasalliklari, saraton va qandli diabet paydo boʻlishi va ularning oldini olish, jismoniy faollik va ovqatlanish, qarish va dementsiya, ruhiy salomatlik kabi mavzular kiradi.
2025 yilda ushbu tibbiy tajribaning navbatdagi bosqichi oʻtkaziladi, unda 40 yoshdan oshgan 37 ming aholi ishtirok etishi mumkin.
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar