
Parfyum va dezodorantlar bizning tashqi ko‘rinimizga shinamlik va o‘zini ishonch bilan tutish imkonini beradi. Ammo ularning ortidagi real ta’sir hamisha kuzga ko‘rinmasligi mumkin.
Germaniyadagi Maks Plank instituti olimlari olib borgan yangi tadqiqot inson tanasi atrofidagi tabiiy kimyoviy himoya tizimi — shunchaki "filtr zonasi" deb ataluvchi muhit qanday qilib buzilishini ochiqlab berdi. Bilishimizcha, bu himoya xuddi tabiiy qalqon singari harakat qilib, tanani havodagi zararli moddalardan asraydi.
Kimyoviy zonani nimalar buzmoqda?
Olimlarning fikricha, har kuni foydalaniladigan parfyumeriya va dezodorantlar teriga surtilganidan so‘ng, ularning tarkibidagi birikmalar tananing tabiiy reaktiv himoyasini izdan chiqaradi. Bu himoya hududi odatda gidroksil radikallar orqali shakllanadi va ular havodagi xavfli molekulalarni zararsizlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Biroq xushbo‘y vositalar qo‘llanilganda, ularning parchalanish mahsulotlari tana issiqligi bilan birga havoga ko‘tariladi. Bunda, masalan, burun yaqinidagi havoda ayrim moddalarning konsentratsiyasi hatto odatdagidan 2-3 marta yuqori bo‘lishi mumkin. Olimlar buni “qora tug‘yon” deb atashmoqda: havo sof ko‘rinsa ham, nafas olganimizda kimyoviy yuklama ortgan bo‘ladi.
Tadqiqotdan hayratlanarli natijalar
Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, parfyum yoki dezodorant surtilgandan so‘ng, gidroksil radikallar — ya’ni tabiiy himoyachilar —ning darajasi o‘rtacha 34 foizga kamayadi. Bu degani, tananing atrofidagi "kimyoviy qalqon" yetarli darajada ishlamay qola boshlaydi. Natijada, nafas yo‘llari xavfli birikmalarga ochiq bo‘lib qoladi yoki ular terida singib ketadi.
Hozircha aniq xulosa yo‘q, ammo xavf ochiq
Maks Plank instituti olimlari bu o‘zgarishlarning inson sog‘lig‘iga aniq ta’sirini hali to‘liq o‘rganmaganini tan olishadi. Ammo ular hozirdanoq ehtiyot bo‘lish kerakligini uqtirishmoqda. Ayniqsa, parfyum va dezodorantlardan har kuni foydalanish holatini inobatga olganda, bu masala yanada muhim ahamiyat kasb etadi.
Olimlar xonalardagi kimyoviy moddalarga bo‘lgan munosabatni qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qilishmoqda. Bu nafaqat kosmetika vositalari, balki havo tozalagichlar, xushbo‘ylashtiruvchi shamlar va atirafdagi boshqa moddalarni ham o‘z ichiga oladi.
So‘nggi fikr:
Sohadagi mutaxassislar tabiiy himoya tizimiga aralashuv qilmaslik va organizmning o‘zini asrash mexanizmlariga hurmat bilan yondashish lozimligini ta’kidlashmoqda. Chunki har qancha yaxshi xushbo‘ylik ham ba’zida ko‘rinmas xavfni yashiradi.
Endilikda siz qanday fikrdasiz? Xushbo‘ylik uchun kimyoviy xavfga arziydimi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar