date

Toshkent metrosidagi 16 bekatda kassalar 9 dekabrdan yopiladi

Toshkent metrosidagi 16 bekatda kassalar 9 dekabrdan yopiladi

Toshkent metropoliteni to‘lov tizimini raqamlashtirish va shaffoflikni oshirish maqsadida 2025-yil 9 dekabrdan boshlab 16 ta bekatda an’anaviy kassalarni yopmoqda. Ular o‘rnini zamonaviy infokioskalar egallaydi.

Kassalar quyidagi bekatlarda to‘xtatiladi:

“Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi barcha 14 ta bekat,

“Paxtakor” va “Alisher Navoiy”.

Infokioskalar orqali QR-kodli chipta xaridi tezlashadi, navbatlar qisqaradi, naqd pul aylanmasi kamayadi va to‘lovlar xavfsizroq bo‘ladi. QR-kod chiptadan mobil telefonda yoki chop etilgan shaklda foydalanish mumkin.

Metropolitenda hozirda yo‘l haqini to‘lashning 10 dan ortiq usuli mavjud. Yaqin kunlarda ko‘plab bekatlarda avtomatlashtirilgan bankomatlar ham o‘rnatilmoqda.

Tizim to‘liq raqamlashtirilishi sabab, kassa operatorlariga ehtiyoj kamayib, birinchi bosqichda 204 ta lavozim qisqartirilgan. Yil oxiriga qadar barcha bekatlarda avtomatchi apparatlar o‘rnatilishi va kassa operatori lavozimlari to‘liq bekor qilinishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent metrosidagi 16 bekatda kassalar 9 dekabrdan yopiladi