date

Kurasao uchun ajoyib qur'a

Kurasao uchun ajoyib qur'a
Kurasao terma jamoasi bosh murabbiyi Dik Advokat 2026-yil futbol bo'yicha Jahon chempionatining qur'a natijalaridan mamnunligini bildirdi. Kurasao E guruhidan joy olib, Germaniya, Kot-d’Ivuar va Ekvador bilan to'qnash keladi.

"Kurasao uchun bu fantastik qur'a. Birinchi uchrashuvni Germaniya kabi yirik futbol davlati bilan o'tkazish, albatta, ajoyib.

Kurasao bilan bu bosqichga yetib kelishning o'zi alohida hodisa. Biz uch xil qit'adan kelgan jamoalar bilan o'ynaymiz.

Barchasi kuchli raqiblar. Natijada nima bo'lishini ko'ramiz.

Hamma narsani xotirjam qabul qilamiz, lekin bu qur'a, albatta, juda yaxshi," — dedi Advokat Channel News Asia nashriga bergan intervyusida. FIFA reytingida 82-o'rinni egallab kelayotgan Kurasao Jahon chempionatida qatnashish huquqini qo'lga kiritgan eng kichik hudud hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kurasao uchun ajoyib qur'a