date

Kredit evaziga pul so‘ragan bank xodimi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Kredit evaziga pul so‘ragan bank xodimi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryoda “Biznesni rivojlantirish banki”ning hududiy boshqarmasi xodimi kredit ajratish masalasida fuqaro hisobidan noqonuniy pul talab qilgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda DXXning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda IJQK Departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Sho‘rchi tumanida yashovchi fuqaro bankdan 17 mlrd so‘mlik kredit olish uchun murojaat qilgan. Biroq bank xodimi kredit ta’minoti sifatida qo‘yilgan bino “Elektron baholash” tizimi bo‘yicha yetarli qiymatga ega emasligini bahona qilib, masalani “hal qilib berish” uchun undan 2000 AQSh dollari va 1,3 mln so‘m talab qilgan.

Aynan pora olish jarayonida bank mutaxassisi ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Kredit evaziga pul so‘ragan bank xodimi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi