Metroda 6 daqiqalik to'xtash izohlandi

Toshkent metropolitenida "G'afur G'ulom" va "Alisher Navoiy" bekatlari orasida poyezdning 6 daqiqa davomida to'xtab qolishi bo'yicha izoh berildi. Mazkur hodisa 5 dekabr kuni soat 11:55 da sodir bo'lgan.
Poyezd darhol nosozliklarni bartaraf etish uchun depoga texnik ko'rikdan o'tkazishga jo'natilgan. Hozirda poyezdlar harakati tiklangan va belgilangan jadvalga muvofiq davom etmoqda, deya xabar qildi metropoliten ma'muriyati.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing