
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabariga ko‘ra, Kasb-hunar taʼlimi agentligi direktori lavozimiga Azimjon Xusanov tayinlandi. Bungacha Xusanov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi rahbarining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Ushbu agentlik joriy yil sentabr oyining boshida davlat rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan. Agentlik texnikumlarda taʼlim sifatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish bilan shug‘ullanadi.
Avvalroq Kursiv nashri yoshlar xorijiy tillarni o‘rganish uchun subsidiya olishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar